Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  2501
  •  06.11.2020 10:53

Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)

Shu yilning 5–7 noyabr kunlari Xiaomi kompaniyasi dasturchilar uchun MIDC 2020 konferensiyasini o‘tkazayotgani haqida yozgandik. «Xitoycha Apple» uning birinchi kuni smartfonlar kameralari sohasidagi yangi ishlanmalarini ko‘rsatdi.

O‘QING: Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, uning kameralar texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi tobora kengayib bormoqda. 2018 yili unda yuz nafarga yaqin kishi ishlagan bo‘lsa, hozirda ularning soni mingdan oshgan. Ushbu mutaxassislarning bitta yangi ishlanmasi – orqa paneldan bo‘rtib chiquvchi yangicha teleskopik kamera ham konferensiya davomida ko‘rsatildi.

Xiaomi kompaniyasining smartfonlar bo‘limi rahbari Adam Szen Syuechjun (Adam Zeng Xuezhong) e’lon qilishicha, ular an’anaviy fotokameralardan ilhomlanib, korpusdan chiquvchi ob’yektivlarning yangi texnologiyasini mustaqil ishlab chiqishgan.

Ushbu yechim ikkita asosiy afzallikka ega: avvalo – bu ob’yektiv katta diafragmaga ega, shu boisdan unda o‘tkaziluvchi yorug‘lik miqdorini naq 300 foizga oshirish mumkin. Bu esa yetarlicha yoritilmagan sharoitlarda olinadigan suratlar sifatini oshirishga yordam beradi.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Yangicha kameraning ikkinchi ustunligi esa rasmga tushirayotganda qimirlashdan himoyalovchi yangi texnologiyaning qo‘llanishidir. Buning natijasida yakuniy tasvir 20 foizga aniqroq chiqadi.

Xiaomi nur o‘tkazuvchanligi yuqori va ob’yektivi korpusdan chiquvchi ushbu kamerani aynan qaysi smartfonida qo‘llashi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!