Xiaomi MIUI 8 interfeysining so‘nggi versiyasini chiqardi

Xiaomi MIUI 8 interfeysining so‘nggi versiyasini chiqardi

Xitoylik texnologik gigantlardan biri bo‘lgan Xiaomi o‘zining MIUI 8 interfeysini 16 avgustda chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq yangilanish noma’lum sabablarga ko‘ra bir haftaga kechiktirildi.

Bugundan boshlab Xiaomi Mi 2/2S, Mi 4i, Redmi Note 3G/4G modellari yangi interfeysli proshivkaga yangilanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tez kunlarda Xiaomi Redmi 2 va Redmi Note 2 modellari ham yangilanishi kutilmoqda.

Bunda proshivkadagi Android’ning versiyasi modelga qarab farqlanishi mumkin. Masalan, Xiaomi Redmi 1S, Redmi 2 va Redmi Note 3G/4G kabi arzon modellar faqat yangi MIUI 8 interfeysiga ega bo‘ladilar.

Interfeys va standart ilovalardagi kichik o‘zgarishlardan tashqari, MIUI 8 dasturida bir nechta ekran rasmlarini birlashtiradigan “uzun skrinshotlar” funksiyasi hamda smartfondan bir qo‘lda foydalanish paytida eng kerakli funksiyalarni boshqarishga yordam beradigan ekranda suzib yuruvchi Quick ball menyusini aytib o‘tish mumkin.

Dasturi MIUI 8 interfesiga yangilanadigan qurilmalar: Xiaomi Redmi 1S, Redmi 2, Redmi 2 Prime, Redmi Note 3 Qualcomm, Redmi Note 3 Special Edition, Redmi Note 2, Redmi Note 3G, Redmi Note 4G, Redmi Note Prime, Redmi 3, Redmi 3S/Prime, Mi 2/2S, Mi 3, Mi 4, Mi 4i, Mi 5, Mi Note, Mi Max 32GB

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!