Xiaomi mutlaq rekord o‘rnatdi – misli ko‘rilmagan raqamlar!

  •   DiMaX
  •  3153
  •  31.10.2019 17:04

Xiaomi mutlaq rekord o‘rnatdi – misli ko‘rilmagan raqamlar!

Hindistonda oktyabr oyi bayramlarga boy va shunga mos tarzda, bir nechta internet-do‘konlarda arzonlashtirib sotish aksiyalari ham mo‘l bo‘ldi. Xiaomi korporatsiyasining mahalliy bo‘limining e’lon qilishicha, kompaniya bu borada mutlaq rekord qayd etgan.

O‘QING: Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

Joriy yilning 28 sentyabridan to 29 oktyabrigacha faqat Hindistonning o‘zidagina 12 milliondan ortiq Xiaomi mahsulotlari sotilgan. Ular orasida smartfonlarning ulushi esa 8,5 million donani tashkil etadi.

Xususan, Redmi Note 7 turkumi (sotib olish) smartfonlari savdo bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar namoyon etgan. Xiaomi Mi TV aqlli televizorlaridan esa 600 ming donadan ortiq sotilgan. Shuningdek, Xiaomi aqlli uy ekotizimi qurilmalarining sotilishi ham 3 millionlik ko‘rsatkichdan oshgan.

Ushbu davr mobaynida Flipkart hamda Amazon India do‘konlarida Xiaomi televizorlari savdo lideriga aylangan. Amazon India magazinidagi eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligida naq to‘qqiztasi Xiaomi modellari bo‘lgan!

O‘QING: Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga taqqoslaganda, Xiaomi barcha qurilmalarining savdosi 40 foizga o‘sgan. Smartfonlar sotuvi ham rekord darajada – 37 foizlik o‘sish qayd etgan. Kompaniya o‘z televizorlarini ham bu o‘lkada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘p sotgan.

Counterpoint Research kompaniyasining e’lon qilishicha, «Fillar o‘lkasi»da Xiaomi o‘z smartfonlarining asosiy qismini 2019 yilning uchinchi choragida sotgan. Mazkur brend hozirda Hindiston bozorida 26 foizlik ulush bilan yetakchilik qilib turibdi. Undan keyingi ikkita o‘rinda esa Samsung hamda Vivo kompaniyalari, tegishlicha 20% va 17% ko‘rsatkich bilan borishmoqda.

Lekin bu kuchli uchlikning jiddiy raqibi tez orada ularga yetib olishi kutilayotir...

O‘QING: Eng ommabop smartfonsozlar ro‘yxatidagi yangi brend naq 808% o‘sish qayd etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.