Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  3871
  •  02.07.2020 13:34

Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

«Xitoycha Apple» shu yilning 27 aprel kuni Mi 10 Youth Edition smartfonini namoyish qilgan edi. Garchi hamyonbop model bo‘lsa-da, uning kamerasidagi 50 karralik zum imkoniyati flagmanlar bilan bellasha oladi.

O‘QING: Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi

Xiaomi kompaniyasi bugun e’lon qilishicha, Mi 10 Youth Edition o‘z yurtida ertaga – 3 iyuldan boshlab yangi narxda sotiladi. Mazkur smartfonning 6/128 gigabaytlik varianti 324 dollarga baholangan bo‘lsa, xitoyliklar endi uni 282 dollardan olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Xiaomi Mi 10 Youth Edition beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon 765G protsessori bazasida ishlaydi. Uning diagonaliga 6,57 dyuymlik AMOLED-ekrani Full HD+ formatida (2400x1080 piksellik) tasvir uzata oladi. Uning korpusi antibakterial qoplamaga ega, bu esa koronavirus pandemiyasi sharoitlarida yanada dolzarb hisoblanadi.

Lekin mazkur modelning asosiy afzalligi – kvadrokamerasida 50 karralik raqamli zum hamda tasvirni optik barqarorlashtirish texnologiyasi mavjudligidir. Uning bosh kamerasi 48 + 8 + 8 + 2 megapiksellik, selfi-kamerasi esa 16 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, bu kamerofon NFC moduli hamda 20 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4160 mA/soatlik akkumulyatori bilan ham maqtansa arziydi.

Darvoqe, Xiaomi smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!