Xiaomi nega AQShni sudga berdi?

  •   DiMaX
  •  599
  •  01.02.2021 09:36

Xiaomi nega AQShni sudga berdi?

AQSh prezidenti lavozimida payti Donald Tramp bir qator Xitoy kompaniyalariga nisbatan sanksiya qo‘llanishini ko‘zda tutuvchi qarorni imzolagan edi. Ular orasida bo‘lgan Xiaomi endi ushbu davlat rahbariyatiga qarshi sudga ariza topshirdi, deb yozadi UZZOOM nashri.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

O‘tgan oyda hamma uchun kutilmagan tarzda, Xiaomi shirkatini Xitoy Xalq ozodlik armiyasi bilan aloqasi bor, degan gumonlar bilan Pentagon tomonidan qora ro‘yxatga oldi.

Bunga javoban, Xiaomi AQSh Mudofaa vazirligi va AQSh Moliya vazirligiga qarshi da’vo qo‘zg‘adi.

O‘zining da’vo arizasida kompaniya hech qanday tarzda Xitoy hukumati yoki harbiylar bilan bog‘liq emasligini, faqatgina fuqarolik va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishi va xizmatlar ko‘rsatishini ta’kidladi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!