Xiaomi nihoyat Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon taqdimotini e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  3264
  •  16.03.2020 17:44

Xiaomi nihoyat Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon taqdimotini e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Yaqindagina Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan va uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan. Endi hamma uning Redmi K30 Pro flagmanini kutayotgandi, lekin...

O‘QING: Umuman kutilmagan yangi smartfon – Redmi Note 9S taqdimot kuni e’lon qilindi

Shunga qaramasdan, «Killer» laqabli Pro-flagmanning ham taqdimot kuniga aniqlik kiritildi. Xiaomi Group China vitse-prezidenti Van Syaoyan jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida, Redmi K30 Pro namoyish etiladigan matbuot anjumani Huawei P40 flagmanlari taqdimotidan oldin o‘tkazilishini aytgan.

Xitoylik texnogigantning Huawei P40 turkumidagi flagmanlari namoyishi 26 mart kuni bo‘lib o‘tishi avvaldan ma’lum. Redmi odatda yangi mahsulotlarini seshanba kunlari taqdim etib kelayotganini hisobga olsak, Redmi K30 Pro namoyishi 24 martga rejalashtirilgan, demoqda manbalar.

O‘QING: Huawei P40 Pro Premium Edition'ning texnik jihatlari bilan tanishing

Shuningdek, internetga allaqachon Redmi K30 Pro modeli turli tomonlaridan ko‘rsatilgan «jonli» rasmlar ham chiqa boshladi. Mana, ulardan birida smartfon g‘ilofga solingan holda aks ettirilgan:

Ushbu devays Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

Keyingi rasmda esa Redmi K30 Pro g‘ilofsiz holda ko‘rsatilgan:

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Redmi K30 Pro smartfonining romsiz ekrani 6,67 dyuymlik o‘lchamda. Har qanday tirqish va kemtiklardan xoli displeyning kadr yangilanish chastotasi esa 90 gerslik.

O‘QING: Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

Xiaomi bu modelida old kamerani korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga joylamoqda:

Bundan tashqari, Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘yicha bosh menejeri Van Teng Tomas (Wang Teng Thomas) ham Weibo tarmog‘ida fanatlar bilan muloqot qilayotib, Redmi K30 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 4200 mA/soatdan yuqori ekanini aytgan. Demak, ushbu flagmanning batareyasi kamida 4500 mA/soatlik bo‘lishini kutish o‘rinli.

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!