Xiaomi'ning 29 ta smartfon modeli MIUI 10'ga ega bo‘ldi

Xiaomi'ning 29 ta smartfon modeli MIUI 10'ga ega bo‘ldi

MIUI 10 tizimi MIUI 9’dan tezroq ishlaydi. Sun’iy ong oldindan ilovalarni fonda chiqarib  foydalanuvchini o‘rganadi va uning harakatini odindan biladi. Natijada smartfon sizga yanada chaqqon bo‘lib tuyuladi.

Sun’iy ong tizimi kameralar ilovasida ham ishlatiladi. Endi orqasi g‘ira-shira qilingan portretni «bir ko‘zli» kamerada olsa ham bo‘ladi.

Bundan bir hafta ilgari Xiaomi kompaniyasi MIUI 10 mobil operatsion tizimining xalqaro beta-talqinini o‘zining quyidagi 8 ta smartfon modeli uchun e’lon qilgan edi:

Xiaomi Mi5;
Xiaomi Mi6;
Xiaomi Mi8;
Xiaomi Mi8 SE;
Xiaomi Mi Mix;
Xiaomi Mi Mix 2;
Xiaomi Mi Mix 2S;
Xiaomi Mi Note 2;
Xiaomi Redmi Note 5 Pro.

Ishlab chiqaruvchi bir hafta muddat ichida qolgan modellar uchun ham mazkur ilg‘or tizim taqdim qilinishini va’da bergan edi. Va’da bajarildi. Endi quyidagi 21 ta smartfon modellari egalari ham o‘z devayslariga so‘nggi operatsion tizimning xalqaro talqinini yuklab olishlari mumkin.

MIUI 10 xalqaro talqiniga ega bo‘luvchi modellar:
Xiaomi Redmi 4X;
Mi5S;
Mi Max;
Mi Max Prime;
Mi5S Plus;
Redmi 4A;
Redmi 5A;
Redmi Note 4 (Qualcomm);
Redmi Note 4X;
Mi Max 2;
Redmi Note 5A;
Redmi Y1 Lite;
Redmi Note 5A Prime;
Redmi Y1;
Redmi 5;
Redmi 5 Plus;
Mi6;
Mi Mix 2;
Redmi S2;
Redmi Y2;
Redmi Note 5 Pro;
Redmi Note 5;
Mi Mix 2S;
Mi5;
Mi Note 2;
Mi Mix.

Agar sizda MIUI 10'ning xalqaro beta talqinini ishlatib ko‘rish fikri bo‘lsa, MIUI forumiga kiring.

Xiaomi EU ROM’ni o‘rnatish – smartfoningizni to‘liq qaytadan proshivka qilish, deganidir. Mazkur operatsiya birmuncha murakkabroq bo‘lib, tajribasiz foydalanuvchilarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bunda dastlab smartfondagi yuklovchini blokirovkadan chiqarish, keyin "chet rekaveri" faylini o‘rnatish va shundan keyingina tizim faylini o‘rnatishga kirishish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.