Xiaomi’ning bo‘lajak xit modeli – Redmi Note 7 Pro ikki variantda chiqadi, ularni sifatli suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2454
  •  26.02.2019 10:36

Xiaomi’ning bo‘lajak xit modeli – Redmi Note 7 Pro ikki variantda chiqadi, ularni sifatli suratlarda ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple»ning mustaqil brend sifatida ajratilgan Redmi turkumidagi ilk smartfoni – Redmi Note 7 shu haftadayoq global savdoga ham chiqarilyapti. Kompaniya endi Redmi Note 7 Pro modelining taqdimot sanasi va hatto narxini ham ma’lum qilgan.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro’ning asosiy raqibi – Meizu Note 9 taqdimoti rasman e’lon qilindi

Slashleaks resursi shu kunlarda namoyish etilishi kutilayotgan Xiaomi Redmi Note 7 Pro modelining sifatli suratlarini e’lon qildi. Ularning manbasi mashhur insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) bo‘lgani va uning prognozlari hamisha to‘g‘ri chiqayotgani bois, bularni rasmiy renderlar deyish ham mumkin.

Ishan Agarvalning ta’kidlashicha, 28 fevral kuni Xiaomi ikkita Redmi smartfoni taqdim qiladi va ular kamerasiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Mana, yuqoridagi renderlarda smartfonning 48 megapiksellik kameraga ega ekanligini bildiruvchi yozuv ko‘rinadi, pastdagilarida esa – «sun’iy ong»li kamerani anglatuvchi «AI Camera» yozuvi mavjud:

Nima bo‘lganda ham, Xiaomi’ning taqdimot tadbiriga ikki kungina vaqt qoldi – bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting.

Mazkur brend ostidagi eng so‘nggi – Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!