Xiaomi’ning hamyonbop Pocophone F1 flagmani Geekbench’da OnePlus 6, Mi 8 va Galaxy S9+’larni ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  2392
  •  15.08.2018 09:55

Xiaomi’ning hamyonbop Pocophone F1 flagmani Geekbench’da OnePlus 6, Mi 8 va Galaxy S9+’larni ortda qoldirdi!

Hali joriy yilning 22 avgustida rasman namoyish etiladigan bo‘lsa-da, «xitoycha Apple»ning Pocophone F1 flagmani haqida deyarli barcha ma’lumotlarni bilib bo‘ldik. Hatto uning AnTuTu benchmarkidagi tekshiruv videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Endi esa ushbu qurilma yana bir mashhur va nufuzli sinov servisi – Geekbench’da ham imtihon topshirib ko‘rdi. Buni qarangki, ko‘p yadroli sinovda u 9000 balldan oshiq natija ko‘rsatib, OnePlus 6, Xiaomi Mi 8 hamda Samsung Galaxy S9+ flagmanlaridan ham o‘zib ketdi!

Ko‘rib turganingizdek, yakka yadroli rejimdagi sinovda ham u 2467 ballik ko‘rsatkichni namoyon etgan, bu esa faqat Samsung Galaxy S9+ flagmanining natijasidangina pastdir.

Aytish kerakki, Xiaomi Pocophone F1 modeli yakka kristalli Snapdragon 845 protsessoriga ega bo‘lgan barcha flagmanlar orasida plastik korpusli ilk qurilma bo‘layotir. Shu sababli ham u mazkur ilg‘or chipda ishlovchi eng arzon flagman sifatida maydonga tushayotir. Garchi hali rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tmagan esa-da, ayrim uddaburonlar allaqachon Pocophone F1’ni sotishni ham boshlab yuborishgan.

O‘QING: 22 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Pocophone F1’ni hozirdanoq OLX onlayn bozoridan olish mumkin! (+video)