Xiaomi’ning ilk noutbukining nomi va narxi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi’ning ilk noutbukining nomi va narxi ma’lum bo‘ldi

27 iyul kuni Xiaomi kompaniyasi yangi smartfon bilan birga jahon diqqatiga o‘zining ilk noutbukini ham taqdim etishi kutilmoqda.
Mazkur suratlar ushbu laptopning haqiqiy suratlari ekani aytilmoqda. Ko‘rinib turganidek, qurilma korpusi to‘liq metalldan ishlangan. Ekran yupqa, noutbuk korpusida USB Type-C porti, quvvatlash va ko‘p funksiyali USB 3.0 porti mavjud.
Ikkinchi suratda noutbuk klaviaturasi yirik planda namoyish etilgan. Unda Home , End , Page Up va Page Down klavishlari ko‘rinib turibdi.

Mi-Notebook
Avval xabar berilganidek, Xiaomi laptopining standart talqini Intel Core i5-6200U protsessori, Intel HD Graphics 520 videoadapteriga, 8 GB operativ xotira va 256 GB doimiy ichki xotiraga ega bo‘ladi. U taxminan $600 dollardan sotuvga chiqariladi. Noutbukning Mi Notebook Pro modeli esa yanada takomillashgan bo‘ladi. U 15,6 dyuymli ekran, Intel Core i7-6700HQ protsessori, 4 GB xotirali NVIDIA GTX 970M videokartasiga, 16 GB tezkor xotira va 512 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Narx-navosi esa $1000.
Kompaniya tomonidan sirli mahsulotga nisbatan qiziqishni oshirish uchun taqdim etilgan yana bir “ishora slaydi”da Mi Notebook Pro noutbukining akkumulyatori sig‘imi jihatdan Lenovo Yoga 700, Asus ROG PC va Macbook Pro kabi qurilmani 6 soat kuch-quvvat bilan ta’minlashi ma’lum qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!