Xiaomi’ning keyingi slayderi – Mi Mix 3S haqidagi ilk ma’lumotlar bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1651
  •  16.11.2018 16:13

Xiaomi’ning keyingi slayderi – Mi Mix 3S haqidagi ilk ma’lumotlar bilan tanishamiz!

Hali yaqindagina rasman taqdim etilgan Mi Mix 3 smartfoni ko‘p jihatdan rekordchi va tengsiz flagman bo‘ldi. Uning bozori chaqqonligiga, bulardan tashqari, «adolatli» narxi ham sababchi.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Endi esa Xiaomi ushbu qurilmaning yanada yaxshilangan versiyasi – Mi Mix 3S flagmanini ham tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Insayderlar ushbu smartfon haqidagi dastlabki ma’lumotlarni tarqatishgan.

Mi Mix 3S ham, Xiaomi Mi 9 modeli singari, Qualcomm kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 8150 flagman chipi bazasida ishlaydi. Smartfonni turli konfiguratsiyalarda chiqarishadi: ularning tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 gigabaytlik bo‘lishi mumkin.

Yaxshilangan versiyadagi flagman ham original Xiaomi Mi Mix 3 singari slayder form-faktorini hamda old panel dizaynini saqlab qoladi. Ekran atrofidagi hoshiyalar ham o‘zgarmaydi, old kamera ham qo‘shaloq holida qoldiriladi. Ammo korpus qalinligi biroz ixchamlashtiriladi.

O‘QING: Xiaomi barchani qiziqtirib, Mi Mix 3 Youth Edition o‘rniga umuman boshqa, ammo xit bo‘luvchi smartfon taqdim etdi

Xiaomi Mi Mix 3S orqa paneli esa o‘zgacha qiyofa kasb etadi: uning kamerasi tikka joylashgan uchta modulni o‘z ichiga oladi. Dastlab bosh kameraning asosiy sensori sifatida 48 megapikselli  Sony IMX586 datchigi qo‘llanishi haqida xabar chiqqandi, keyin esa negadir manbalar uning 12 megapikselli holida qolishini aytishmoqda. Shuningdek, orqa qopqoqda barmoq izi skaneri ham bo‘lmaydi – uni endi ekranga integratsiya qilishadi.

Xiaomi Mi Mix 3 bilan taqqoslaganda yana bir muhim o‘zgarish – yangi flagmanning barcha versiyalari to‘laqonli 5G-smartfon sifatida maydonga tushadi. Mi Mix 3S kelasi yilning mart oyida namoyish etilishi va 547 dollardan boshlanuvchi narxlarda bozorga chiqarilishi aytilmoqda.

«Xitoycha Apple»ning shu paytgacha global bozorga taqdim qilgan boshqa modellardagi smartfonlarini esa 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!