Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

  •   DiMaX
  •  2777
  •  11.08.2018 10:24

Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

«Xitoycha Apple» joriy yilning 31 may kuni o‘zining yubiley flagmani – Mi 8, shuningdek uning «inisi» – Mi 8 SE hamda «akasi» – Mi 8 EE talqinlarini ham namoyish etgandi. Yaqinda esa mazkur turkumda yana bitta – kuchaytirilgan versiyasini ham tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi rahbari hali noma’lum bo‘lgan Mi 8X smartfoni bilan «qo‘lga tushdi»! («jonli» suratlar)

Xorijiy nashrlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Mi 8X modelidan tashqari, Xiaomi yubiley flagmanining yoshlarga mo‘ljallangan – Mi 8 Youth Edition modifikatsiyasini ham taqdim etmoqchi.

Aytish kerakki, standart Mi 8 flagmani Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. Ushbu chip maksimal 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta Kryo 385 yadrosini, Adreno 630 grafik tezlatgichi hamda Snapdragon X20 LTE modemini o‘z ichiga olgan. Mazkur smartfonning tezkor xotirasi hajmi 6 gigabaytga teng.

Xiaomi tayyorlayotgan Mi 8 Youth Edition modelida esa tezkor xotira 8 gigabayt bo‘lishini aytishmoqda; ayni damda eng ilg‘or Mi 8 Explorer Edition modifikatsiyasi shunday xotiraga ega.

O‘QING: 30 iyulda Xiaomi'ning eng qimmat smartfoni sotuvga chiqarildi

Shuningdek, yoshlarbop modelga Qualcomm Snapdragon 710 chipi o‘rnatilishini aytishmoqda. Bu protsessor 2,2 GGs.gacha takt chastotasiga ega bo‘lgan sakkizta Kryo 360 yadrosi, Adreno 616 grafik chipi hamda Snapdragon X15 LTE uyali modemidan tuzilgan.

Bulardan tashqari, Mi 8 Youth Edition talqini 128 gigabaytlik doimiy xotiraga hamda sig‘imi yanada kattaroq akkumulyatorga ham ega bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlaridan yana 11 modeliga MIUI 10 proshivkasi chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!