Xiaomi’ning qaysi gadjeti Mi 8 flagmanidan ham zo‘r sotilyapti?

  •   DiMaX
  •  2017
  •  27.06.2018 09:58

Xiaomi’ning qaysi gadjeti Mi 8 flagmanidan ham zo‘r sotilyapti?

Joriy yilning 31 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 8 turkumi smartfonlaridan tashqari, Mi Band 3 smart-bilaguzugini ham taqdim etgan edi. Bundan ikki kun avval tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 8 flagmani 18 kun ichida bir millionta sotilgan.

O‘QING: Mi 8’ning AnTuTu testidagi shubhali rekordi: Xiaomi bunga qanday erishgan?

Lekin kecha ma’lum bo‘lishicha, «xitoycha Apple»ning Mi Band 3 smart-brasleti uning Mi 8 smartfonidan ham tezroq sotilyapti ekan. Aniqroq qilib aytganda, mazkur «aqlli» bilaguzuk bir milliontalik marraga 17 kundayoq erishgan.

Agarda Mi Band 3 shu sur’atda sotilishda davom etsa, Xiaomi kompaniyasi taqiluvchi devayslar bozorida yetakchilikni qaytadan qo‘lga olishi mumkin. Hozir esa bu borada shohsupani boshqa bir nufuzli ishlab chiqaruvchi egallab turibdi.

O‘QING: Taqiluvchi qurilmalar bozorida yetakchi kim?

Aytish kerakki,  Xiaomi Mi Band 3 iyun oyidayoq Xitoyda savdoga chiqqan, faqat bu – mazkur sport brasletining oddiy talqinidir. Uning maxsus – NFC moduliga ega talqini esa sentyabrdan savdoga qo‘yiladi.

Ushbu farqidan tashqari, hozirdan sotib olish mumkin bo‘lgan oddiy talqini xitoycha proshivkaga ega. Shunday bo‘lsa-da, unda rus, ingliz, ispan va portugal tillari o‘rnatilgan.

Xitoycha proshivkali hamda NFC modulisiz Xiaomi Mi Band 3 smart-brasletini 280 000 so‘mga olish uchun O‘zbekistondan ham buyurtma berish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3 sotuvga chiqdi – barcha xususiyatlarini bilib oling va unga buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!