Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

  •   DiMaX
  •  1738
  •  06.05.2019 16:06

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

«Xitoycha Apple»ning eng kuchli protsessorga ega arzon flagmani allaqachon tayyor bo‘lgan, foydalanuvchi qo‘lidagi suratini va hatto «jonli» videosini ham ko‘rganmiz. Ammo bugungacha nomi aniq emas edi: insayderlar uning Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2 va hatto Redmi Q deb atalishini aytishgan.

O‘QING: Redmi 855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Lekin bugun tarqalgan «jonli» rasm yuqoridagi barcha variantlar noto‘g‘ri ekanini bildirib, flagmanning Redmi K20 Pro deb atalayotganiga aniqlik kiritdi. Uning ekrani himoya plyonkasiga tushirilgan yozuvlar smartfonning ayrim texnik xususiyatlarini ham aks ettirgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Redmi K20 Pro modeli Snapdragon 855 protsessoriga, asosiy sensori 48 megapiksellik uch modulli kameraga ega. Korpusidan chiquvchi old kamera aniqligi 20 megapiksellik, romsiz AMOLED-ekran o‘lchami 6,39 dyuymlik, akkumulyatori esa 4000 mA/soatlik ekan.

O‘QING: OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Shuningdek, YouTube videoxostingiga kecha uning «jonli» videosini ham joylashgan, faqat smartfon unda Redmi 855 nomi bilan berilgan. Lavhada orqa qopqog‘i bo‘lmagan Redmi K20 Pro modelining old kamerasi mexanizmi qanday ishlashi ko‘rsatib berilgan:

Demak, eng baquvvat Android-protsessor bazasidagi eng arzon smartfon taqdimotiga oz qoldi. Uning samaradorlikda hatto Mi 9 (sotib olish) flagmanidan ham ustun kelishi kutilmoqda. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)