Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  804
  •  04.02.2019 15:16

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning aprelida Xiaomi Black Shark nomli ilk o‘yinbop smartfonini taqdim etgandi. Oktyabrga kelib esa ushbu geymerofonning ikkinchi avlodi – Black Shark Helo ham namoyish qilindi.

O‘QING: 10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

Xiaomi endi ushbu smartfonning uchinchi avlodi – Black Shark Skywalker modelini ham tayyorladi. Yaqindagina uni Geekbench servisida tekshirib ko‘rishgan va shunda ayrim texnik jihatlari fosh bo‘lgan.

Shunday qilib, mazkur kompaniya kamida uchta modeliga eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessorini o‘rnatmoqda: Mi 9 flagmani, Mi Mix 3 slayderining 5G-varianti hamda Black Shark 3 geymerofoni.

O‘QING: SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Garchi Xiaomi hozircha Black Shark Skywalker texnik xususiyatlarini sir tutayotgan esa-da, allaqachon u haqidagi ma’lumotlar internetda tarqala boshlagan. Yana bir ishonchli manba – o‘tgan hafta so‘ngida kompaniya rahbarlarining Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ommaviy ko‘rinarli joydagi o‘zaro muloqotidir. Ushbu suhbatda ham ular yangi Black Shark geymerofonining mavjudligini tasdiqlashgan.

Yuqoridagi – Geekbench ma’lumotlar bazasidan olingan rasmga qaraganda, benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Black Shark Skywalker smartfoni 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Ammo Xiaomi uning 10 gigabaytlik, balki hatto 12 gigabaytlik «operativka»ga ega variantlarini ham taqdim etishi kutilmoqda.

O‘yin imkoniyatlaridan tashqari, Black Shark Skywalker yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashini aytishmoqda. Manbalarga ko‘ra, uni mart yoki apreldayoq namoyish etishlari mumkin.

Ayni damda 6/64 gigabaytlik, qora korpusli va global proshivkali original Black Shark smartfonini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 849 000 so‘m evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: 809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!