Xiaomi'ning yana 2 smartfoni ilg‘or MIUI 9 tizimiga ega bo‘ldi

Xiaomi'ning yana 2 smartfoni ilg‘or MIUI 9 tizimiga ega bo‘ldi

MIUI proshivkasini Xiaomi smartfonlarining eng yaxshi jihatlari qatoriga qo‘shish mumkin. Uning ishlab chiqilishi va yangilab olinishi uchun ishlab chiqaruvchining o‘zi javob beradi. Kompaniya deyarli har haftada bu operatsion tizimda yangi biror jihatni joriy qiladi.

Jumladan, innovatsion Android 7.0 Nougat tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatadigan MIUI 9 tizimini Mi6, Mi5C, Mi Mix, Mi Note 2 kabi smartfon modellariga yuklab olsa bo‘lar edi. Ular qatoriga endi Mi 5 hamda Mi 5s Plus ham qo‘shildi.

MIUI V9.1.1.0 NAAMIEI talqini Xiaomi Mi 5 uchun ishlab chiqarilgan. Bu tizimga o‘tish uchun foydalanuvchi 571 MB trafigini sarf qilishi kerak bo‘ladi. Bu esa smartfonga qator yangi funksiyalarning paydo bo‘lishi, ishlash samaradorligining oshishi hamda batareya quvvatining "aqlli taqsimot" bilan sarf qilinishi kabi innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Shuningdek, yangilanishdan so‘ng kamera ilovasida ham zamonaviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

O‘qingJek Ma muvaffaqiyatga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Bu tizimda bosh sahifa to‘liq qayta ishlab chiqilgan va "Kalendar" ilovasi uchun maxsus tabriknomalar yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Endi tanlangan ilovalarning ramzlariga ta’bga ko‘ra animatsion belgilarni ham qo‘yish mumkin. MIUI 9 tizimining muhim afzalliklaridan biri — ekranni ikkiga bo‘lib qo‘yish foydalanish imkonining yaratilishidir.

Xiaomi Mi 5s Plus ham endi o‘zini 1,3 GB trafik evaziga MIUI V9.1.1.0 NBGMIEI talqiniga yangilab olishi mumkin.

Ayni paytda Mi 5 va Mi 5s Plus uchun yangilanishlar turli mintaqalarda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Agar sizning smartfoningizdagi updater yangilanishdan ogohlantirmasa, bir oz kutishingizga to‘g‘ri keladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!