Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

  •   DiMaX
  •  6094
  •  12.02.2019 15:43

Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Mustaqil brend sifatida ajratilganidan so‘ng chiqqan Redmi smartfonlarining birinchisi – Note 7 eng muvaffaqiyatli modellardan biri bo‘lmoqda. Bugun navbatdagi partiyasi sotuvga chiqqan bu gadjetga talab shu qadar kuchliki, hali Xitoyning o‘zida uni talabgorlarga yetkazib ulgura olishmayapti!

O‘QING: «Kichkina King-Kong» laqabli Redmi Note 7 bugun yangi rekord o‘rnatdi

Xiaomi kompaniyasi kamdan-kam hollardagina bosh direktor Ley Szun (Lei Jun) imzolagan firma blankasida yangi axborot tarqatadi. Ammo bugun – 2019 yilning 12 fevralida shunga arzigulik voqea yuz berdi – yarim oyda bir million donadan ortiq Redmi Note 7 smartfoni sotildi!

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, Apple korporatsiyasi eng katta bozorlardan biri bo‘lmish Hindistonda o‘tgan yil jami 1,6 millionta iPhone sotgan. To‘g‘ri, bu modellarni auditoriya va narx toifalari bo‘yicha o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydi. Lekin shu fakt ham aniqki, Apple barcha modellardagi ayfonlari bilan bitta mamlakatda naq bir yilda erishgan son ko‘rsatkichini Xiaomi bir oydayoq, shundayam hali faqat mahalliy bozorda, bittagina modeli bilan zabt etadi!

Aytish kerakki, hali Xitoyning o‘zida bu «kichkina King-Kong» uchun jami 7 milliondan oshiq buyurtma berilgan. O‘zbekistonda uni hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!