Xiaomi noutbuklari 120 dollargacha arzonlashdi

Xiaomi noutbuklari 120 dollargacha arzonlashdi

Xiaomi kompaniyasi ishlab chiqarayotgan gadjetlar sifat masalasida ko‘pchilikning ishonchiga kirdi. Uning devayslariga qo‘yilayotgan arzon baho ham endi shubha uyg‘otmaydi. Odatda brendlar bir oz nomi chiqsa, mahsulotlari bahosini asta-sekin ko‘tarar edikfh.

Biroq, biz bilgan Xiaomi o‘ziga xos biznes-modelni tanlagan ko‘rinadi. Bugun, 16 iyul kuni kompaniya o‘zi ishlab chiqargan noutbuklarning bahosining arzonlashganini e’lon qildi. Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan gadjetlar sezilarli narxga arzonlashgan.

Noutbuklar modeliga ko‘ra, $60 dan $120 dollargacha arzonlashgan. Ya’ni, kompaniya saxiylik qilgan. Natijada, raqiblaridan arzon hisoblangan Xiaomi noutbuklari yanada arzonlashdi.

Ekspertlarning fikricha, bunday qaror kompaniyani noutbuk ishlab chiqarish sanoatida ham yetakchi bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin.

Shu yilning mart oyida taqdim qilingan, o‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan Mi Game Book noutbuki barcha modellarga qaraganda ko‘proq arzonlashgan. Uning hozirgi bahosi $1225 dollar! Ha, bu ham juda qimmatlik qiladi. Biroq shu o‘rinda bu devaysning texnik imkoniyatlariga ham diqqat qilish kerak.

$120 dollarga arzonlashgan modelga eng kuchli Intel Core i7 protsessori, 16 gigabaytli tezkor xotira, NVIDIA GeForce GTX1060 video kartasi o‘rnatilgan.

Agar eng ommalashgan Xiaomi Notebook Air noutbukining bahosi bilan sodir bo‘lgan yangi qiymatga e’tibor qiladigan bo‘lsak, bu gadjetni endi $750 dollarga xarid qilish mumkin.

Endi qo‘rqmasdan aytish mumkinki, Xiaomi noutbuklari raqobatda yaqqol ustunlikka erishdilar. Boisi, texnik jihatdan biror raqibdan qolishmaydigan gadjetlar eng arzon narxda taklif qilinmoqda. Xususan, Apple noutbuklaridan 2 – 3 barobar arzon.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!