Xiaomi nuqsonli chiqqan o‘n mingdan oshiq gadjetini qaytarib olyapti

  •   DiMaX
  •  1335
  •  10.06.2019 10:25

Xiaomi nuqsonli chiqqan o‘n mingdan oshiq gadjetini qaytarib olyapti

Biror mahsuloti sotilgach, ularda defektlar mavjudligi aniqlansa ommaviy ravishda qaytarib olishi kompaniyaning va shu tovarning obro‘si uchun yaxshi emas, albatta. Lekin shunisi ham borki, qaytarib olish kampaniyalari ishlab chiqaruvchining mijozlar manfaatlarini o‘z daromadidan ko‘ra ustun qo‘yishini ham anglatadi.

O‘QING: «Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Ko‘pincha avtomobilsozlar ayrim rusumlardagi mahsulotlarini qaytarib olishgani haqida eshitib qolamiz, ammo elektrotransportlar bilan bog‘liq shunday holatlar kam uchraydi. Xiaomi esa shunday ishga qo‘l urdi – u Yevropada sotilgan, ehtimoliy xavfli deb topilgan elektrosamokatlarini qaytarib olmoqda. Bunga sabab qilib «yig‘ish mexanizmidagi vintlarning zaiflashuvi ehtimoli mavjud»ligi ko‘rsatilgan.

Bu yerda gap Xiaomi Mijia M365 rusumli samokatlar haqida ketmoqda. Mazkur gadjetlardan 10 257 donasi defektli deb topilgan bo‘lib, ular 2018 yilning 27 oktyabridan to 5 dekabrigacha ishlab chiqarilgan. Kompaniya hatto qaytarib olinadigan elektrosamokatlarining seriya raqamlarini ham aniq aytgan – bular 21074/00000316-21074/00015107 hamda 16133/00541209-16133/00544518 diapazonlaridagi raqamlarga ega devayslardir. Ularning barchasi Yevropada, aksariyati Buyuk Britaniyada sotilgan.

O‘QING: Taniqli kompaniya o‘z noutbuklarini qaytarib olyapti – ularning akkumulyatori portlashi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!