Xiaomi oliy toifali Mi 10S/Mi 10S Pro va «yashirin kamerali» flagman tayyorlayotganini rasman tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  1243
  •  05.05.2020 10:33

Xiaomi oliy toifali Mi 10S/Mi 10S Pro va «yashirin kamerali» flagman tayyorlayotganini rasman tasdiqladi

«Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition flagmanini ishlab chiqqan. Bundan tashqari u yana Xiaomi Mi 10S, Mi 10 SE hamda Mi 10S Pro modellarini ham tayyorlayotgani to‘g‘risida xabarlar berganmiz.

O‘QING: Xiaomi kamerasi naq 144 MPlik ikkita smartfon tayyorlayapti!

Yuqoridagi modellar haqidagi xabarlarning aksariyati mish-mish xarakterida yoki insayderlik ma’lumotlari bo‘lsa, Xiaomi ilk bor ularni rasman tasdiqladi. Ya’ni, yaqinda bo‘lib o‘tgan, Mi 10 Youth Edition smartfoni va MIUI 12 grafik qobig‘iga bag‘ishlangan tadbirida kompaniya asoschisi bunga ishora qilgan.

TechDroider resursi bergan xabarga ko‘ra, Xiaomi Mi 10S yoki Mi 10S Pro hozirgi flagman seriyaning oliy toifali va «boshqacha dizaynli» vakili bo‘ladi.

Shuningdek, kompaniya tez orada selfi uchun ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llangan modelini ham namoyish etadi. Bu qurilma esa ko‘pdan beri kutilayotgan Xiaomi Mi Mix 4 flagmani bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!