Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  1721
  •  18.01.2020 13:11

Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

O‘tgan yili Xiaomi korporatsiyasi bir nechta modellarda butkul simsiz quloqchinlar taqdim etgan. Mi Airdots, Mi AirDots Youth va Mi True Wireless juda ommalashganidan ilhomlanib, u ushbu tur navbatdagi gadjetini tayyorladi.

O‘QING: Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

Esingizda bo‘lsa, yaqinda Xiaomi Mi AirDots Pro rusumli simsiz quloqchin tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik. Kompaniya undan tashqari, Mi True Wireless butkul simsiz quloqchinining arzon talqinini ham taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotir va uni Xiaomi Mi True Lite deb nomlagan.

Uning mavjudligini Bluetooth standartlari ustida ishlovchi hamda mazkur texnologiya bilan jihozlangan devayslarga sertifikat beruvchi Bluetooth Special Interest Group tashkiloti ham tasdiqlagan. Xiaomi Mi True Lite qurilmasi allaqachon unda TWSEJ03WM model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan.

Bluetooth Special Interest Group saytida ma’lum qilinishicha, Xiaomi Mi True Lite yangi avlod – Bluetooth 5.0 moduli bilan jihozlangan. Nomiga qaraganda, u kompaniyaning avvalgi modellaridan arzon bo‘lishi kerak, ammo texnik jihatdan ulardan aynan nimasi bilan farqlanishi hozircha noma’lum.

«Xitoycha Apple» ushbu butkul simsiz quloqchinini tezroq taqdim etib, imkon qadar arzon sotmasa ham bo‘lmaydi, chunki...

O‘QING: Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!