Xiaomi o‘ta arzon, Samsung matritsali qayrilma o‘yinbop monitor tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  1212
  •  29.08.2019 12:40

Xiaomi o‘ta arzon, Samsung matritsali qayrilma o‘yinbop monitor tayyorlayapti

Internet tarmog‘ida shu kunlarda Xiaomi kompaniyasining geymerlarga mo‘ljallangan ulkan monitori haqida ma’lumotlar ko‘paygan. Xitoylik manbaning ta’kidlashicha, uning uchun displey matritsasini Samsung yetkazib beradi.

O‘QING: Samsung yangi turdagi QD-OLED televizorlar ishlab chiqaradi

Nufuzli ishlab chiqaruvchining sifatli matritsasiga asoslangan bo‘lsa-da, Xiaomi bu egilgan monitorlarini o‘ta arzon baholaydi, demoqda manbalar. «Xitoycha Apple» bunga erishish uchun Samsung bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bu boradagi savdo smartfonlar ekranlari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ya’ni, Samsung monitor uchun 34 dyuymlik qayrilma matritsalarni xitoylik hamkoriga katta chegirmalar bilan taqdim etadi, evaziga Xiaomi unga yirik miqdorda smartfon displeylari uchun buyurtma beradi. Xitoylik korporatsiya shu shartlar asosida yarim yil mobaynida 100 000 dona panel xarid qiladi, natijada monitor tannarxi ancha pasayadi.

Xiaomi ushbu o‘yinbop monitorini noyabrda taqdim etishi kutilmoqda, uning QHD+ formatli ekrani 144 Gs.lik kadr chastotasiga ega bo‘ladi. Hozircha uning narxi aniq emas, Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 799 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli monitorlarni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Pomy – kompyuterda ishlashda ko‘zingizni asrovchi bepul dastur

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!