Xiaomi oy oxirida Redmi Note 12 Turbo smartfonini taqdim qiladi!

Xiaomi oy oxirida Redmi Note 12 Turbo smartfonini taqdim qiladi!

Qualcomm o'zining yangi, Snapdragon 7+ Gen 2 chipsetini taqdim qilishi bilanoq Xiaomi'ning Redmi brendi u bilan yangi smartfon chiqarishini rasman e'lon qilgan edi. Kutilayotgan smartfon Redmi Note 12 seriyasiga Turbo nomi bilan qo'shiladi. Kompaniya uni qachon taqdim qilishini rasman e'lon qildi.

Xiaomi qo'l ostidagi Redmi brendi o'zining Note 12 Turbo modelini kelayotgan 28-mart kuni Xitoyda taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Bo'lajak smartfon dizayni bilan kompaniya ulashgan rasmiy tizer poster orqali tanishib olishingiz mumkin.

Albatta, smartfon Redmi Note 12 seriyasidagi boshqa modellarga o'xshab ketadi: qurilma old tomoni tekis, orqa tomon chetlari esa biroz qayrilgan va eng asosiysi unga uchlik kamera o'rnatilgan. Suratdan kameralarning asosiysi 64 MP ekanligini bilan birga smartfon renderlardan smartfon ikkilik mikrofon va dinamiklar, USB-C porti, infraqizil nur uzatuvchisi, hamda, 3.5 millimetrli simli naushnik uyasiga ega bo'lishini aytib turibdi.

Mish-mishlarga ko'ra, Redmi Note 12 Turbo modeli 6.67 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega FHD+ AMOLED ekranga ega bo'ladi. Qurilma 5500 mA/soat batareyaga ega bo'lishi va u 67 Vt tezlikda quvvatlanishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.