Xiaomi o‘z kinostudiyasini ochdi: siz ham rejissyorga aylaning!

  •   DiMaX
  •  389
  •  22.06.2021 12:24

Xiaomi o‘z kinostudiyasini ochdi: siz ham rejissyorga aylaning!

Apple korporatsiyasi faqat o‘z buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan original kontent tomosha qilinadigan Apple TV+ servisini taqdim etganidan xabaringiz bor. Umuman, internetda uning smartfonlarida havaskorlar va professionallar tomonidan suratga olingan va «Shot on iPhone» belgisi bilan e’lon qilingan qisqa metrajli filmlar, roliklar va kliplar ko‘p. Bugina emas...

O‘QING: Apple aqldan ozdi - endi “Oskar”ni ham olmoqchi!

«Xitoycha Apple» ta’rifi bilan tanilgan Xiaomi kompaniyasi esa bu borada ham unga taqlid qilyapti. Xitoylik bu korporatsiya smartfonsozlar orasida birinchi bo‘lib o‘zining kinostudiyasini tashkil etdi.

Xiaomi Studios nomini olgan ushbu kinostudiyaning allaqachon Weibo mikrobloglr tarmog‘ida rasmiy sahifasi ham ishga tushgan. Studiya faoliyati haqida hozircha boshqa ma’lumotlar yo‘q, ammo Xiaomi yangi – Xiaomi Creator dasturining ishga tushirilishini ham e’lon qilgan..

Aftidan, bu dastur Xiaomi smartfonlarining kameralari imkoniyatlarini yanada kengroq namoyon etishga xizmat qiladi. Ya’ni, xohlovchilar mazkur kompaniya mobil gadjetlarida roliklar, klilar va qisqa metrajli filmlar yaratishi mumkin bo‘ladi. Kororatsiya esa ulardan eng yaxshilarini targ‘ib qilib, shu bahonada o‘z smartfonlarini ham reklama qiladi.

Biz avval «Oushenning 11 do‘sti» filmining rejissyori Reddit kamerasidan voz kechib, mana bu smartfonda kino olayotgani haqida yozgan edik. Shuningdek, Apple badiy filmlarda ma’lum toifa kishilarning iPhone ishlatishini qat’iyan taqiqlagani ham qiziq. Fantastik filmlardan kirib kelgan to‘qqizta texnologiya, shuningdek, videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar haqidagi ma’lumotlarga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Yomg‘ir, tuyoq tovushi va suyuk metall: Kinoda ovoz qanday yaratiladi