Xiaomi o‘z logotipini o‘zgartirdi

Xiaomi o‘z logotipini o‘zgartirdi

Kuni kecha «Mega Launch» marosimida Mi Mix Fold smartfonini namoyish qilgan Xiaomi kompaniyasi sahnadan yana bir o‘zgarish haqida xabar berdi.

«Xitoycha Apple» o‘zining logotipini o‘zgartirdi. Yangicha dizayndagi kompaniya logotipi «Barhayot» («Alive») deb nomlanib, yapon grafik dizayneri Kenya Xara tomonidan tayyorlangan.

Asosiy o‘zgarish logotip chetlarining yumaloqlashtirilgani va «Xiaomi» yozuvining yangicha, ko‘zga yanada xush yoquvchi shriftda yozilganida ko‘rinadi.

O‘QING: Xiaomi eng yengil va yupqa – Mi 11 Lite hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlarini namoyish qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!