Xiaomi o‘z smartfonlari uchun allaqachon Android 13 ustida ishlamoqda

Xiaomi o‘z smartfonlari uchun allaqachon Android 13 ustida ishlamoqda

Hali ko‘plab Xiaomi smartfonlari Android 12 yangilanishini qabul qilib ulgurgani yo‘q, lekin MIUI proshivka kodini tahlil qilish jarayonida xitoylik kompaniya allaqachon Android 13 ustida ishlashni boshlab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Rasm: xiaomiui

 

Suratda yigirma birinchi qatordagi "T" harfi Android 13'ning "Tiramisu" kod nomi bosh harfiga ishora qiladi. Manbaning ma’lum qilishicha, quyidagi Xiaomi smartfonlari yangi avlod operatsion tizimi yangilanishini qabul qiladi:

  • Mi 10S
  • Mi 11/Pro/Ultra
  • Mi 11i/11X/11X Pro
  • Xiaomi 11X/HyperCharge
  • Xiaomi 11T/Pro
  • Xiaomi 12 / Pro / Lite
  • Mi 11 Lite 4G/5G/LE/Lite NE 5G
  • Xiaomi MIX 4 / MIX 5 / MIX 5 Prow
  • Xiaomi MIX FOLD
  • Xiaomi CIVI
  • Xiaomi Pad 5 Series
  • Redmi 10/Prime/2022/Prime 2022
  • Redmi Note 10/10S/Pro/Pro Max/Pro 5G
  • Redmi Note 10T/10 5G
  • Redmi Note 11/NFC/11S/Pro 4G/Pro 5G
  • Redmi Note 11 Pro / Pro+ / 11E Pro
  • Redmi Note 11T/11 5G/4G
  • Redmi K40S
  • Redmi K40/Pro/Pro+/Gaming
  • Redmi K50/Pro/Gaming
  • POCO F3/GT
  • POCO X3 GT / X3 Pro
  • POCO F4/Pro/GT
  • POCO M3 Pro 5G /M4 Pro 5G/M4Pro 4G
  • POCO C4

Google may oyida Android 13'ni taqdim qilishi ma’lum bo‘ldi. Tiramisu shirinligini birinchi bo‘lib Xiaomi 12 va 12 Pro smartfonlari ta’tib ko‘radi.

O‘QING: Android 13 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!