Xiaomi o‘zining eng qimmat mahsulotini chiqardi – u asosan yoshlar va yosh oilalarga mo‘ljallangan

  •   DiMaX
  •  2172
  •  26.07.2018 12:03

Xiaomi o‘zining eng qimmat mahsulotini chiqardi – u asosan yoshlar va yosh oilalarga mo‘ljallangan

Sizu bizga asosan smartfonlari va boshqa elektron qurilmalari bilan tanish bo‘lgan Xiaomi kompaniyasi aslida turmushning turli sohalarida kerak bo‘ladigan ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ularning orasida hatto «aqlli» ko‘rpa ham borligiga nima deysiz?!

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

«Xitoycha Apple» shu kunlarda o‘zining eng qimmat mahsulotini savdoga chiqardi. Lekin bu siz o‘ylaganingizdek biror elektron gadjet emas, balki uy mebellarining to‘liq jamlanmasidir. Gaoya Whole House Set deb nomlangan ushbu to‘plam Master Tong brendi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, asosan yosh oilalarga va umuman yoshlarga mo‘ljallangan.

Jamlanma umumiy hisobda 25 ta mebel predmetini o‘z ichiga oladi, uning yordamida har qanday xitoylikning uyini to‘liq jihozlash mumkin – mehmonlar xonasidan tortib yotoq xonasiyu ish kabinetigacha. Ular orasida televizor tumbasi va jurnallar uchun stolcha, oshxona stoli va stullari, yumshoq burchak mebeli va divan, kiyimlar va oyoq kiyimlari uchun shkaflar, ikki kishilik karavot va tumbochkalar, yozuv stoli va kitob javoni kabilar mavjud.

O‘QING: Xiaomi ayollar uchun muhim «aqlli» gadjet taqdim etdi

Ta’kidlanishicha, mebellar to‘plami jihozlariga material sifatida tabiiy yog‘och va charm qo‘llangan, latundan yasalgan furnitura jihozlari esa zarhallangan.

Endi esa eng qizig‘i – narxi masalasiga kelsak: Gaoya Whole House Set mebellar to‘plami taxminan 4500 dollarga baholangan. Xiaomi allaqachon jamlanma uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilmoqda, xaridlarni egalariga yetkazib berish esa joriy yilning 7 oktyabridan boshlanadi.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi innovatsion gadjeti atigi 8 dollarga baholandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!