Xiaomi o‘zining MIUI interfeysiga batareya stili bilan bog‘liq yangi funksiya qo‘shmoqda

Xiaomi o‘zining MIUI interfeysiga batareya stili bilan bog‘liq yangi funksiya qo‘shmoqda

Yaqinda Apple smartfonlari iOS 16 bilan batareya foizini ko‘rsatib turadigan xususiyatni qabul qildi. Biroq, o‘zgarish ko‘pchilik iPhone egalarini qoniqtirmadi, chunki quvvat sarflangani sari batareya ikonkasida faqat raqamlar kamaydi, ikonkaning o‘zi esa xuddi batareya to‘liqdek qotib turar edi. Apple ushbu xatolikni iOS 16.1 bilan to‘g‘rilash niyatida, lekin baribir siz batareya ikonkasini Xiaomi smartfonlariga qo‘shilayotgan yangi funksiyadek erkin o‘zgartira olmaysiz.

Xiaomi o‘zining smartfonlari foydalanuvchilari uchun yangi MIUI xususiyatini qo‘shayotganini e’lon qildi. "Xiaomi batareya emojisi" deb nomlanadigan ushbu xususiyat sizga batareya ikonkasi stilini o‘zgartirish imkonini beradi. Masalan, yuqoridagi suratlarning birida yurak kardiogrammasi va yana birida planeta ko‘rinishidagi batareya ko‘rsatkichlarini ko‘rish mumkin. Afsuski, ushbu funksiya hozir ishlab chiqarish jarayonida bo‘lib, uning qachon chiqarilishi noma’lum, biroq Xiaomi foydalanuvchilarni uzoq kuttirmasligi aniq.

O‘QING: One UI 5 yangilanishi bilan Samsung iOS 16ning asosiy xususiyatlaridan birini ko‘chirib oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!