Xiaomi o‘zining smartfoni vositasida avtomobilni masofadan boshqarib ko‘rsatdi (+video)

Xiaomi o‘zining smartfoni vositasida avtomobilni masofadan boshqarib ko‘rsatdi (+video)

O‘tgan oy Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining 5G texnologiyasiga ega Mi 10 Ultra smartfonini taqdim etgandi. Narxiga arziydigan flagman bo‘lishiga qaramay, qurilmani, afsuski, Xitoydan tashqarida sotib olishning imkoni yo‘q.

Nima ham derdik, faqat ushbu smartfonning imkoniyatlari tomoshabini bo‘lib qolarkanmiz endi. Mi 10 Ultra modeli 5G texnologiyasiga ega bo‘lib, unda tarmoqning kechikish davri 0 ga teng.

Xiaomi Weibo'dagi rasmiy sahifasiga navbatdagi videoni joyladi. Unda professional haydovchining 2,000 mil naridagi poyga yo‘lagida avtomobilni Mi 10 Ultra smartfonidan foydalanib masofadan turib boshqargani aks etgan. Ta’kidlash kerakki, mashina 2,000 mil naridagi poyga yo‘lagida joylashgan va bunda muhit nazorat ostida bo‘lgan:

Kompaniyaga ko‘ra, avtomobilni masofadan boshqarish minimal kechikish davri 1 soniya bo‘lgan 5G avtonom rejimi orqali amalga oshirilgan. Avtomobilga ham ayni tarmoqda ishlashi uchun kichik o‘zgartirishlar kiritilgan va maxsus ilova yaratilgan.

Videoda ko‘rsatilgan poygada masofadan boshqarilgan avtomobil g‘olib bo‘lgan, lekin, aftidan, bu marketing hiylasidan boshqa narsa emas. Vaholanki, agar gaz boshqaruvi, rul va uzatmalar qutisi to‘liq va to‘g‘ri nazoratga olinsa, har qanday oddiy smartfon bilan mashinani masofadan boshqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa texnologiyalar kelajagi porloq ekanini yana bir marta isbotlaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!