Xiaomi o'zining yangi avlod flagmanlarini ko'rsatdi!

Xiaomi o'zining yangi avlod flagmanlarini ko'rsatdi!

Taniqli Xitoy rahbari vafoti sabab bir haftalik nofaollikdan so‘ng, Xiaomi’ning rasmiy Weibo sahifasi "qayta jonlandi" va kompaniya o'zining uzoq kutilgan Xiaomi 13 smartfonlari dizaynini har bir burchakdan ko'rsatdi.

Xiaomi 13 – oddiy modeldan boshlaydigan bo'lsak, moviy rangli smartfon old va orqa tomonda ham deyarli tep-tekis dizaynga ega. Kamera oroli dizayni unchalik o'zgacha emas yoxud avval ko'rganimizdek: to'rtburchak kamera oroli uchta kamera va Leica yozuvi ostida LED chirog'ini o'z ichiga oladi. E'tibor molik narsalarning yana bir shundaki, smartfon orqa tomoni teri bilan qoplangan. Bu kompaniya avval ta'kidlab o'tgan nano-teri texnologiyasi bo'lib, u uncha-munchaga kir bo'lib ketmaydi.

Xiaomi 13 Pro modeliga keladigan bo'lsak, uning old-orqa yon tomonlari ham egilgan dizaynga ega. Kamera oroli dizayni oddiy modelniki bilan deyarli bir xil. Kompaniya Pro model uchun nanoteri emas, balki nano-mikrokristalli keramika texnologiyasidan foydalangan.

Smartfonlar yuqori qismida bir nechta teshiklarni ko'rish mumkin. Ehtimol, ular mikrofon, infraqizil pult va dinamik(lar) uchun bo'lishi mumkin. Pastda qurilmaning USB-C porti, SIM-karta uyasi va kolonkasi joylashganligini ko'rish mumkin.

Xiaomi 13 seriyasi rasman 11-dekabr kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Tecno kamera jihatidan mashhur kompaniyalarning falagmanlari bilan raqobatlasha oladigan yangi smartfonni taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!