Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  926
  •  19.04.2019 15:17

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

«Xitoycha Apple» old kamerasi korpus ichidan chiquvchi smartfon tayyorlayotgani haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan. Endi esa shu mavzudagi yangi ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi.

O‘QING: «Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

XDA Developers resursining xabar berishicha, Xiaomi allaqachon periskop kamerali kamida ikkita smartfon tayyorlashga kirishgan. Ularning kodli nomi «Rafael» (Raphael) hamda «da Vinchi» (Davinci) ekanligi ham aniqlangan. Bular o‘sha, avvalgi xabarlarimizda Redmi Pro 2 va Redmi 855 deb nomlanayotgan modellar bo‘lsa ham ajabmas.

Mazkur ikkala smartfon ham flagman modellar bo‘lishi va Qualcomm Snapdragon 855 protsessorlari bilan ta’minlanishi aytilgan. Shuningdek, ularning selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga esa daktiloskopik datchik ham integratsiya qilinadi.

Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!