Xiaomi Piston Fresh – alyuminiy korpusli yangi garnitura

Xiaomi Piston Fresh – alyuminiy korpusli yangi garnitura

Kecha Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Piston Fresh nomli arzon naushniklarni namoyish qildi. Yangi naushniklar dempfirlash xususiyatiga ega alyuminiy korpusda ishlangan, 5 xil rangda taklif etiladi.

Korpus anodlangan alyuminiy qorishmasidan tayyorlangan bo‘lib, shu sabab uning yuzasi turli qirilishlarga chidamli, barmoq izlari sezilmaydi. Quloqqa tiqiladigan yumshoq uchlar esa silikondan yasalgan, ikki xil rangda chiqariladi.

Garnitura pultida mikrofon va musiqani ijrosini to‘xtadigan/ishga tushiradigan yoki qo‘ng‘iroqlarga javob beradigan/tugatadigan tugma joylangan. Ovozni balandligini sozlaydigan tugmalar mavjud emas.

Xiaomi Piston Fresh garniturasi 4 dollar narxida sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!