Xiaomi Poco F4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi Poco F4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Poco F3 haqiqatdan ham 2021 yilning eng yaxshi smartfonlaridan biri bo‘ldi. Narxiga nisbatan ajoyib texnik jihatlarni tashkil qiluvchi smartfon taqdim etilganidan ko‘p o‘tmay bestseller modelga aylandi. Bir yil o‘tib uning yangi avlodi Poco F4 taqdim etildi.

Bir oy avval Poco F4 GT modeli taqdim etilgan edi. Ushbu modelda asosan unumdorlikka ahamiyat qaratilgan, chunki u ancha kuchli Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlaydi. O‘tgan yilgi F3 esa yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan chip bilan jihozlanganligi uchun emas, balki barcha texnik ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lganligi bilan ommalashgan edi. Aslida u eng so‘nggi chip bilan ham jihozlanmagan edi. Yangi Poco F4 modelida ham xuddi shu seneriy takrorlanadi.

 Foto: GSMArena

2022 yil smartfonlar uchun omadli kelmayapti. Yuqori inflyasiya, komponentlarning yetishmasligi, davom etayotgan pademiya va turli xil nizolar mobil sanoatga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Poco F4 modeli ham xuddi F3 kabi Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan. Ushbu chip biroz eskirgan bo‘lsa-da, o‘zining flagmanlik darajasini yo‘qotmagan.

Yangi model F3'ga qaraganda Dolby Vision funksiyasi, yaxshiroq optik stabilizatsiyaga ega 64MP kamera va tezkor 67 vatt quvvlash texnologiyasiga ega.

F3 kabi F4 modeli ham 120 gerts ekran yangilanish chastotasi hamda 360 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 1080p rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli E4 AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey HDR10+ funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, yangilik sifatida esa Dolby Vision sertifikatiga ega bo‘ldi.

Chipset jihatdan ham smartfonda o‘zgarish bo‘lmagan. Ya’ni qurilma 6/128GB va 8/265GB xotiraga ega bo‘lgan Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirib bo‘lmaydi.

Yangilik sifatida tezkor xotira LPDDR5 turiga o‘zgarganini, shuningdek, chipset endi kattaroq sovutish tizimiga ega ekanini aytish mumkin.

 Foto: GSMArena

Orqa panelda joylagan kameralar ham F3 modelinikiga o‘xshash, ammo o‘zgarishlar ham yo‘q emas. Misol uchun, asosiy kamera rezolyutsiyasi 64 megapikselga oshdi, bundan tashqari, kamera optik stabilizatsiyaga ega bo‘ldi hamda 4K60 kadr/soniya formatda videolar olishi mumkin. 8MP ultrakeng kamera o‘zgarisgsiz qolgan bo‘lsa, 5MP telemakro kamera 2MP oddiy makro kamera bilan almashtirilgan.

Akkumulyator hajmi F3 modeliniki kabi 4,500 mAs, biroq quvvatlash tezligi 67 vattga oshgan. Qurilmada stereo dinamik, NFC, infraqizil port va yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri mavjud. Bu jihatdan ham hech qanday o‘zgarish yo‘q.

Umumiy qilib aytganda, F4 modelini eski F3 bilan taqqoslaganda yaqqol ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishni guvohi bo‘lmaymiz. Ammo 400 yevro narx uchun qurilma yaxshi texnik ko‘rsatkichlarni taqdim etadi.

Poco F4'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.2x76.0x7.7mm, 195g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha, plastik rom; IP53 standarti.

> Displey: 6.67“ AMOLED, 120 gerts chastota, HDR10+, Dolby Vision, 1300 nit yorqinlik (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): Sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 6/128GB, 8/256GB; UFC 3.1.

>OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13.

> Kamera: Asosiy kamera: 64 MP, f/1.8 1/2.0“, 0.7µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 119˚; Makro kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 20 MP, f/2.5, (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30fps, 1080p@30/60fps; gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30fps.

> Akkumulyator: 4500 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi, 100% - 38 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; stereo dinamik.

Ushbu texnik ko‘rsatkichlar va dizayn biz uchun tanish, chunki Poco F4 avvalroq taqdim etilgan Redmi K40s modelining global versiyasi hisoblanadi. Faqatgina Poco modeli yuqori rezolyutsiyadagi asosiy kameraga ega.

Smartfon yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-da, ba’zi bir kamchiliklarni ham aytib o‘tish zarur. Misol uchun, Galaxy A smartfonlari to‘liq suvdan himoya standartiga ega bo‘lsa, Poco F4 oddiyroq suvdan himoya standarti bilan cheklangan. Shuningdek, smartfonga keraksiz makro kamera o‘rniga foydaliroq zum kamera o‘rnatilganda ancha yaxshi bo‘lgan bo‘lardi.

Qadoq tarkibi

Qurilma sariq yozuvlari bo‘lgan odatiy qora qutida sotiladi. Qadoq tarkibidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof va audio jek uchun adapter o‘rin olgan.

 Foto: GSMArena

O‘QING: Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!