Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xiaomi Poco X3 NFC smartfoni Poco X2'ning davomchisi ekaniga shubha yo‘q. Poco X2 Redmi K30'ning rebrending qilingan talqini edi. O‘rta toifa Poco X3 NFC xuddi X2'dagi kabi 120Hz yangilanish chastotasiga ega 6.67" IPS LCD ekrani, anchayin kichik selfi kamera tirqishiga ega, 2MPlik selfi sath kamerasi esa olib tashlangan. Qurilma Snaprdagon 732G chipida ishlaydi.

...

Keling, quyida ushbu smartfonning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishib chiqsak.

Xiaomi Poco X3 NFC'ning texnik jihatlari

> Korpus: 165.3x76.8x9.4 mm, 215 g; old panelda Gorilla Glass 5 shishasi, alyuminiy rom, plastikdan ishlangan orqa korpus, IP53 suv sachrashidan himoya, Cobalt Blue, Shadow Gray ranglar gammasi.

> Displey: 6.67" IPS LCD, 1080x2400p rezolyusiyasi, 20:9 tomonlar nisbati, 395 piksel/dyuym zichlik; HDR10, 120Hz yangilanish chastotasi, 450 nit yorug‘lik.

> Chip: Qualcomm SM7150-AC Snapdragon 732G (8 nm): sakkiz yadroli: (2x2.3 GHz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 470 Silver); Adreno 618 GPU.

> Xotira: 64GB/6GB, 128GB/6GB; UFS 2.1, microSDXC.

> OT: Android 10, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng asosiy: 64 MP, f/1.9, keng, 1/1.73", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 13 MP, f/2.2, 119˚, 1.0µm; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4; qo‘sh-LED chirog‘i, HDR, panorama.

> Old kamera: 20 MP, f/2.2, 1/3.4", 0.8µm; HDR, panorama.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/120 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek.; giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5160mAs; 33 Vt tezkor quvvatlash, (kompaniya reklamada aytishicha, smartfon 30 daqiqada 62%, 65 daq. 100% zaryad oladi).

> Boshqa: yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, akselerometr, giroskop, kompas; NFC; FM-radio.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.