Xiaomi Pocophone F1 – eng kuchli protsessorga ega eng arzon smartfon!

  •   DiMaX
  •  4758
  •  25.07.2018 10:36

Xiaomi Pocophone F1 – eng kuchli protsessorga ega eng arzon smartfon!

Salkam bir oydan beri Xiaomi korporatsiyasining yangi brendi – Pocophone haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Ushbu turkumdagi ilk smartfonning texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, «jonli» videosi va suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Xiaomi Pocophone’ning ilk «jonli» videosi – Face Unlock evaziga barmoq izi skaneridan voz kechilganmi?

Xiaomi Pocophone F1 deb nomlangan ushbu sirli qurilma haqida tobora yangi tafsilotlar internetda tarqalmoqda. Bu mavzuda eng muhim – smartfon narxi haqidagi ma’lumotni esa mashhur insayder Roland Kvandat (Roland Quandt) e’lon qildi.

Shuningdek, Roland Kvandt Pocophone F1 smartfonining ekrani xususida ham ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, mazkur qurilmaning 5,99 dyuymlik displeyi 2160x1080 pikselli tasvir aniqligiga ega.

Xullasi kalom, «xitoycha Apple», o‘z an’analariga sodiq qolgan holda, Pocophone F1 smartfonini ham bozordagi eng arzon narxlarda taklif etadi. Insayderning ma’lum qilishicha, Yevropada uning 6/64 gigabaytlik tezkor va doimiy xotiraga ega bo‘lgan boshlang‘ich modeli 420 yevro narxida sotiladi. Smartfonning 6/128 gigabaytlik xotirali varianti uchun esa Xiaomi 460 yevro so‘raydi.

Agarda mazkur ma’lumotlar rasman tasdiqlansa, u holda Yevropa bozoriga taqdim etilgan eng ilg‘or – Qualcomm Snapdragon 845 chipiga ega smartfonlar orasida eng arzoni aynan shu Pocophone F1 modeli bo‘ladi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tish joizki, Yevropada ayni shu protsessor bazasidagi OnePlus 6 flagmanining narxi 520 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: Xiaomi’dan «ispancha duet»: Mi A2 va Mi A2 Lite taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.