Xiaomi Pocophone F1 flagmani Rossiyada chegirma bilan sotila boshladi (+video)

  •   DiMaX
  •  3521
  •  28.08.2018 11:56

Xiaomi Pocophone F1 flagmani Rossiyada chegirma bilan sotila boshladi (+video)

«Xitoycha Apple» o‘zining yangi brend ostidagi Pocophone F1 smartfonini o‘tgan hafta Hindistonda rasman namoyish etgan edi. 27 avgustdan esa uning dunyo miqyosidagi savdosi ham boshlandi.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi atigi 300 dollarlik Pocophone F1 flagmanini taqdim etdi! (video)

Xiaomi kompaniyasi, shu jumladan, Pocophone F1 modelining Rossiyadagi savdosi boshlanish sanasini va narxini ham ma’lum qildi. Qualcomm’ning eng ilg‘or protsessori – Snapdragon 845 bazasidagi ushbu gadjet 30 avgustdan yetkazib berila boshlaydi.

Smartfon narxiga kelsak, 6 GB tezkor va 64 GB ichki xotirali Pocophone F1 uchun kompaniya 23 999 rubl (taxminan 356 AQSh dollari) so‘ramoqda. 6/128 gigabaytlik xotiraga ega talqini uchun esa 25 999 rubl (salkam 386 dollar) miqdorida narx belgilangan.

Ammo ayni damda Rossiyadan oldindan buyurtma berish orqali Pocophone F1 xarid qiluvchilar uchun chegirma yo‘lga qo‘yilgan. Mi.com rasmiy do‘konida mana bu havola orqali buyurtmani rasmiylashtirishda uni 20 999 rublga (deyarli 311 dollarga) olish mumkin.

O‘QING: Pocophone F1 xaridorlari uchun Xiaomi’dan xushxabar bor!

Quyida esa Xiaomi Pocophone F1 modeliga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videoni tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbekiston bozorlariga hozircha ushbu smartfon yetib kelmagan, ammo kompaniyaning boshqa ko‘plab rusumlardagi qurilmalarini bir yillik rasmiy kafolat bilan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining yangilangan narxlari – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi! (2018 yil 25 avgust)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!