Xiaomi Prezidenti yangi mahsulot haqidagi sirni ochdi

Xiaomi Prezidenti yangi mahsulot haqidagi sirni ochdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Prezidenti Bin Lin (Bin Lin) hali anonsi berilmagan Mi Pad 2 plansheti haqida ma’lum qildi va Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntida uning rasmlarini ham e’lon qildi.

Xiaomi boshlig‘ining anonsdan avvalgi bunday “chiqishlari” birinchi marotaba emas. Avvalroq Redmi Note 2 Pro da ham shunday vaziyat kuzatilgandi. Bunday holat, kompaniya namoyish qilinmagan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni qat’iy sir saqlayotgan bir payda, tushunarsiz, albatta.

Tashqi ko‘rinishi
Mi Pad 2 to‘liq metall korpusga ega va hech qanday ortiqcha elementlar mavjud emas. Ilk Mi Pad yorqin rangli plastikdan ishlangan edi. Klavishlar tuzilishida o‘zgarish yo‘q.

Tavsifi


Planshetning texnik tavsifi ma’lum emas, biroq Xiaomi MI PAD 2 nomi ostidagi gadjet mashhur Geekbench benchmarki bazasiga tushgan. Test natijalariga ko‘ra, u 4 yadroli, 2,24 GGs chastotali Intel Atom x5-Z8500, 2 Gb operativ xotiraga ega va Android 5.1 bazasida ishlaydi.

Narxi va namoyish vaqti

Xiaomi planshetlari, odatda, qimmat bo‘lmaydi va kompaniya ham imkon qadar kichikroq narx belgilaydi. Shunga ko‘ra, bahosi 1499 dan 1799 yuan bo‘lishi mumkin.

Mi Pad 2 planshetining rasmiy namoyishi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya shu kuni mazkur planshetdan tashqari Redmi Note 2 Pro smartfoni va boshqa qurilmalarni ham taqdim etishi mumkinligini yozadi axborot manbalari.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.