Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

  •   DiMaX
  •  1723
  •  06.12.2018 16:17

Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

Keyingi yillarda turli mahsulotlari bilan o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi eng yuqori aniqlikka ega – naq 48 megapiksellik kamerali smartfon tayyorlamoqda. Uning aynan qaysi model ekanligi borasida turli ma’lumotlar mavjud – bu Mi 9 yoki Mi 8s flagmani bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 sertifikatlandi – 48 MPlik uch modulli kamera, Snapdragon 8150 chipi va boshqa ma’lumotlar

Kompaniya prezidenti Lin Bin (Lin Bin) bugun Weibo tarmog‘ida uning suratini e’lon qildi. Aniqrog‘i – bu «jonli» rasmda yaxlit smartfonning o‘zi emas, balki uning faqat kamera blogi, shundayam bir qismigina aks etgan. Unda kamera sensorining bir chekkasi, fotochaqnoq va uning 48 megapikselli ekanligi haqidagi yozuv ko‘rinadi, xolos:

Aftidan, «xitoycha Apple» ushbu kamerofoni bilan Nokia brendining bu boradagi rekordini «sindirish»ni niyat qilgan: uning 808 PureView smartfoni eng yuqori aniqlikda – 41 megapiksellik kameraga ega.

O‘QING: Nokia yana bir afsonaviy brendni «tiriltirmoqchi»

Lin Bin ushbu rekordchi smartfon haqidagi tafsilotlarni ma’lum qilmagan, faqat uning 2019 yil yanvarida taqdim etilishini aytgan, xolos. Keyingi yillarda smartfonsozlikda paydo bo‘lgan trendlarga qaraganda, Xiaomi’ning bu qurilmasi ikki yoki hatto uch modulli bosh kameraga ega bo‘ladi.

Umuman olganda, 48 megapiksellik kamerali smartfonning qaysi narx toifasiga hamda Redmi yoki Mi turkumiga oid bo‘lishi ham hozircha noma’lum. Xiaomi’ning flagman modellari shundoq ham ko‘pligini hisobga olib, tahlilchilar uning o‘rta narxli smartfon bo‘lishini ham taxmin qilishmoqda.

Masalan, Samsung’ning to‘rt modulli bosh kameraga ega Galaxy A9 modeli ham o‘rta narx toifasiga mansub bo‘lib, Xiaomi’ning ushbu gadjeti unga asosiy raqib bo‘lishi kutilayotir. Darvoqe, Galaxy A9 yaqinda Terashop.uz internet-do‘konimizga yetib kelgan, uning ko‘k yoki pushti korpusdagi, 6/128 GB xotirali talqinini 4 355 000 so‘m evaziga onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!