Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

  •   DiMaX
  •  1483
  •  29.10.2018 10:21

Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Xabaringiz bor – o‘tgan hafta «xitoycha Apple» o‘zining ko‘p tomonlama rekordchi Xiaomi Mi Mix 3 flagmanini rasman namoyish etgandi. Taqdimot marosimida kompaniya xodimlari ushbu smartfon hamda Huawei P20 Pro olgan suratlarni o‘zaro taqqoslab, o‘zining yangi flagmani Huawei kamerofonidan ham zo‘r rasmga olishini ta’kidlagandi.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Keyinroq xitoylik texnogigant o‘z yurtdoshi bo‘lgan ushbu kompaniyaning mazkur da’vosiga qarshi fikr bildirdi. Huawei Devices ijrochi direktori Richard Yu (Richard Yu) bu haqda so‘z yuritar ekan, Huawei P20 Pro modelidan faqatgina o‘zlarining yangi flagmani o‘zib ketishi mumkinligini aytgan. Bu bilan yaqindagina taqdim etilgan Huawei Mate 20 Pro smartfoniga ishora qilgan.

«Ko‘z ilg‘aydigan kelajakda birorta smartfonsoz kamera sifati bo‘yicha Huawei P20 Pro’dan o‘zib ketadigan qurilma tayyorlay olmaydi. Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Aslida ham, professional DxOMark servisi reytingida haliyam Huawei P20 Pro yetakchi bo‘lib turibdi, Xiaomi Mi Mix 3 esa to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Samsung Galaxy Note 9 bilan bo‘lishib olgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz: siz ham Xiaomi smartfoningizda chiroyli suratlar oladigan bo‘lsangiz, Xiaomi Photographic Challenge tanlovida ishtirok etib, 10 000 dollargacha sovrin yutib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Huawei kompaniyasi esa Mate 20 Pro kamerasini ham allaqachon DxOMark servisida tekshirib ko‘rgan, ammo faqat uning natijasi o‘ta yuqori bo‘lganini aytib, aniq raqamlarni hozircha e’lon qilmay turibdi. Aftidan, boshqa birorta smartfonsoz o‘zining yangi flagmani kamerasini maqtagach, xitoylik texnogigant Mate 20 Pro natijalarini ko‘rsatib, darhol uning «og‘zini yopish»ni ko‘zlamoqda.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda Huawei hamda Xiaomi kompaniyalaridan tashqari Apple, MDC, Meizu, Nokia, Philips va Samsung singari smartfonsozlarning turli modellardagi mahsulotlaridan tanlab, onlayn usulda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!