Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

  •   DiMaX
  •  3765
  •  20.07.2019 10:07

Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning yozida o‘zining ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1 hamda uning nisbatan ilg‘or varianti – Qin 1s modellarini taqdim etgandi. Bular – zamonaviy USB Type-C porti bilan jihozlangan, yana «sun’iy ong» joriy etilgan ilk tugmachali telefonlardir.

O‘QING: Xiaomi ilk tugmachali telefonini taqdim etdi: uning Wi-Fi, USB-C va hatto «sun’iy ong»i ham bor! (+videolar)

Xiaomi endi Youpin kraudfanding maydonchasida uning ikkinchi avlodi – Qin 2 modelini taqdim etdi. O‘z «ajdod»idan farqli ravishda, u tugmachali telefon emas, balki Android Go 9.0 tizimli smartfondir.

Shunisi ham borki, Xiaomi Qin 2 bizning smartfon haqidagi odatiy tasavvurlarimizga biroz to‘g‘ri kelmaydi. Uning diagonaliga 5,05 dyuymlik ekrani nostandart – 1440x576 piksellik tasvir aniqligiga ega. Ya’ni, qurilmaning o‘zi uzunchoq shaklda bo‘lib, ekranning tomonlari o‘zaro 22,5:9 nisbatda. Umuman, korpusning o‘lchamlari ham antiqa: 132,6x55,4x8,6 millimetrlik; vazni esa 105 gramm. Shu tariqa, Qin 2 – bozordagi eng cho‘zinchoq smartfon bo‘lib, iPhone SE modelidan ham ensiz, ammo bo‘yi undan baland.

Kompaniya yangi smartfonining protsessori va tezkor xotirasi haqida ma’lumot bermagan. Biroq ayrim manbalarning yozishicha, unga Spreadtrum SC9832E chipseti va atigi bir gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan. Xiaomi uning faqat doimiy xotirasini ko‘rsatgan – 32 gigabaytlik.

O‘QING: Xiaomi eng kuchli protsessorga ega smartfoni taqdimot sanasini ma’lum qildi!

Qin 2 modelida old kamera ham, daktiloskopik skaner ham yo‘q. Korpusining orqa panelida 5 megapiksellik yakka modulli kamera va yorug‘lik-diodli fotochaqnoq ko‘zga tashlanadi.

Antiqa smartfonning 2100 mA/soatlik akkumulyatori zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvat oladi. Qin 2 to‘rtinchi avlod – LTE uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning korpusida standart quloqchin tirqishi, shuningdek, maishiy texnika jihozlarini boshqaruv pulti sifatida qo‘llash uchun infraqizil port ham mavjud.

O‘QING: Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

Yangi smartfonda Xiao AI ovozli yordamchisini chaqirish uchun alohida tugmacha ajratilgan, u yana Xiaomi’ning ayrim ilovalari bilan ham boyitilgan, lekin bularning barchasi Xitoydagi foydalanuvchilar uchungina muhim.

Xiaomi Qin 2 xaridorlarga to‘rt xil – qora, pushti, ko‘k va qizil ranglardagi korpuslarda taklif etiladi. Youpin maydonchasida hozir uni taxminan 73 AQSh dollariga teng narxda buyurtma qilish mumkin. Bevosita bozorga qanaqa narxda chiqishi esa hozircha noma’lum. Uning ilk «ajdod»i – Xiaomi Qin 1s telefonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 590 000 so‘m evaziga hoziroq xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Yetti ming dollarga Redmi K20 Pro bor, olasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.