Xiaomi rahbari 10 yadroli protsessorga ega smartfon nomini ma’lum qildi

Xiaomi rahbari 10 yadroli protsessorga ega smartfon nomini ma’lum qildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bosh direktori va ta’sischisi Ley Szyun (Lei Jun) kompaniya 10 yadroli MediaTek Helio X25 protsessori bilan ta’minlangan Redmi Pro smartfonini namoyishga tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Mazkur protsessorning ma’lumotlarni qayta ishlash klasteri miqdori 3 ta bo‘ladi: 2,5 GGs chastota tezligida ishlaydigan 2 yadroli Cortex-A72 hamda 1,55 va 2,0 GGs chastota tezligida ishlaydigan 4 yadroli Cortex-A53. Grafik-tasvir uchun esa 850 MGs chastota tezligigacha ishlaydigan Mali-T880 MP4 apparat platformasi javobgar bo‘ladi.

Xiaomi shu bilan birga, Redmi Pro  smartfonining metal korpusga ega bo‘lishi, uning 2 ta bosh kameralar bilan ta’minlanishini e’lon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gadjet 12 megapikselli Sony IMX260 va ISOCELL S5K2L1 zamonaviy sensorlariga ega bo‘ladi.

Yangi mobil aloqa vositasida 5,5 dyuymli, sig‘imi 1920 × 1080 piksel bo‘lgan (Full HD format) OLED-displey tatbiq etiladi.  Xiaomi smartfonning 4 va 6 Gbayt operativ xotira, 64 GB va 128 GB talqinlarini ishlab chiqaradi.

Gadjet Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining moslashtirilgan MIUI 8 talqinida ishlaydi.

Redmi Pro aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (2,4 / 5 GGs) va Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda barmoq izlari skaneri, sig‘imi   3700 mA·soat akkumulyator mavjud bo‘ladi.

Redmi Pro mobil aloqa apparati 27 iyul kuni namoyish etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.