Xiaomi rahbari hamyonbop Redmi 7 narxi va jihatlarini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  20186
  •  11.03.2019 09:09

Xiaomi rahbari hamyonbop Redmi 7 narxi va jihatlarini ma’lum qildi

Redmi brendining ilk vakili «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 modeli bo‘lgandi. Keyinroq esa kompaniya Hindistonda uning global versiyasini hamda yangi Redmi Note 7 Pro modelini namoyish qildi. So‘ng esa Ispaniyada...

O‘QING: Redmi 7 emas, balki yevropacha Redmi Note 7 namoyish qilindi: kamerasi 48 MPlik, lekin narxi...

Endi bo‘lsa navbat Redmi 7 devaysiga keldi, Terabayt.uz esa taqdimotidan avval uning «jonli» videosini ham e’lon qilgan. Kuni kecha ushbu model haqidagi ayrim ma’lumotlarni Xiaomi kompaniyasi top-menejeri Ley Szun (Lei Jun) aytib o‘tdi.

Xiaomi rahbarining Weibo foydalanuvchilari bilan yozishmalarida ma’lum qilishicha, Redmi 7 modeli 700-800 yuanga narxlanadi, bu esa 105-120 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Ley Szun ushbu smartfonda quloqchin uchun standart audiotirqish, infraqizil port hamda sig‘imdor akkumulyator ham bo‘lishini aytgan. Bundan tashqari, Redmi 7 savdosida defitsit yuzaga kelmasligi uchun, uni sotuvga chiqarishdan oldin ko‘p miqdorda ishlab chiqarib, yirik miqdorda omborlarga jamlab qo‘yishlarini ham ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!