Xiaomi rahbari: Mi 10 flagmani Galaxy S20’dan kamida 400 dollarga arzon!

  •   DiMaX
  •  2912
  •  12.02.2020 18:13

Xiaomi rahbari: Mi 10 flagmani Galaxy S20’dan kamida 400 dollarga arzon!

Galaxy Unpacked 2020 ko‘rgazmasi Galaxy Z Flip taqdimoti bilan boshlangani, yana Galaxy Buds+ quloqchini namoyish etilgani haqida yozgandik. Samsung unda Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarini ham taqdim etgan.

O‘QING: Bu smartfondan olsangiz, smart-soat, simsiz quloqchin va g‘ilof ham qo‘shib berishadi! (+video)

Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ushbu taqdimotni izohlar ekan, Samsung Galaxy S20 flagmanini Xiaomi Mi 10’dan «kamida 400 dollarga qimmat», degan. Samsung flagmanining boshlang‘ich versiyasi 999 dollarga narxlanganini hisobga olsak, Xiaomi Mi 10 boshlang‘ich narxi 599 dollardan oshmasligi aniq bo‘ldi. Agarda mish-mishlar rost bo‘lib chiqsa, 8/128 gigabaytlik boshlang‘ich versiyadagi Xiaomi Mi 10 undan ham arzon bo‘lishi kerak.

Shuningdek, bugun Xiaomi ushbu flagmani haqida yangi ma’lumotlarni rasman oshkor etdi. Unga ko‘ra, Xiaomi Mi 10 simli usulda 50 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi, simsiz usulda esa bu flagman 30 vattlik tezkor zaryadlanadi. Bundan tashqari, boshqa qurilmalarga u 10 vattlik texnologiya asosida simsiz usulda quvvat yuborishga qodir.

Yana boshqa ma’lumotga ko‘ra, Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlari Android 10 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 11+ grafik qobig‘iga ega ilk modellar bo‘ladi.

O‘QING: Mi 10’larni qo‘yaturing, Xiaomi yana bir «bomba» smartfon tayyorlayapti! (+«jonli» rasmlar)

Shuningdek, Xiaomi Mi 10 akkumulyatorining tok sig‘imi avvalgi xabarlarda aytilganidek 4000 emas, balki naq 4500 mA/soatga teng ekanini ham kompaniya rasman ma’lum qilgan.

Xiaomi kompaniyasi, bundan tashqari, Mi 10 ekranida tasvir yangilanish chastotasi 90 gersga, sensor qavatining so‘rov chastotasi esa 180 gersga teng ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, uning rekord darajada mitti kamera moduliga ega smartfon ekanini aytib ham maqtangan.

O‘QING: Xiaomi Mi 10’larning RASMIY narxlari: afsuski, erta quvonibmiz!..

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!