Xiaomi rahbari Mi 6 olgan ilk suratni e’lon qildi

Xiaomi rahbari Mi 6 olgan ilk suratni e’lon qildi

Xiaomi yetakchisi Ley Szyun 5 aprel kuni Mi 6 flagmanida olingan suratni Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida e’lon qilib, smartfonning taqdimotiga yaqin fursat qolganiga ishora qildi.

Suratning detallarga boyligi va yorqinligi sizga bugungi yetakchi smartfonlar imkoniyatini eslatayotgan, hayratga solmayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu lampa-chiroq manzarasi tungi sharoitda, shu bilan birga Mi 6’dagi 5 karralik yaqinlashtirish, ya’ni zum funksiyasi yordamida yaqinlashtirib so‘ng olingan. Modomiki, 5 karra yaqinlashtirishdan so‘ng shunday yorqin surat olgan ekan, Mi 6 smartfonidagi kamera faoliyatiga qoyil qolish kerak.

Joriy haftada ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Mi 6 mobil aloqa vositasida 30 megapikselli bosh kamera, sig‘imi 4 000 mA soat akkumulyator, 6 GB operativ xotira o‘rnatilishi kutilmoqda. Uning elektron «yurakcha»si uchun zamonamizning eng ilg‘or Snapdragon 835 protsessori tanlangan. Hozircha faqat Galaxy S8 xuddi shunday protsessorga ega.

Taxminan aytish mumkinki, Mi 6 gadjeti sanoqli haftalarda Pekinda taqdim etiladi. Uning 300 dan 522 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilishi aytilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!