Xiaomi rahbari Mi 7'ning protsessorini ma’lum qildi

Xiaomi rahbari Mi 7'ning protsessorini ma’lum qildi

Bugun Qualcomm Snapdragon 845 protsessorining rasman taqdim qilingani xususida ma’lum qilgan edik. Shu bilan birga, taqdimot davmida Xiaomi bosh direktori va asoschisi Ley Jun ham sahnaga, Qualcomm vitse-prezidenti Krishtianu Amonuning yoniga chiqib, Xiaomi Mi 7 flagmani birinchilardan bo‘lib Qualcomm Snapdragon 845 chipiga ega bo‘lishini rasman ma’lum qilgan.

Xiaomi rahbari, shuningdek Qualcomm kompaniyaning «eng yaqin hamkori» ekanini ham ma’lum qilib, 2011 yilda o‘rnatilgan ikkitomonlama aloqalar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. O‘shanda Xiaomi Mi 1 smartfoni uchun xarid qilingan Snapdragon S3 protsessori bugungi rishtalarning tagzamini bo‘lgan edi.

Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida 8 ta hisoblash yadrolari (4 ta Cortex-A75 yadrosi hamda 4 ta Cortex-A53 yadrosi) o‘rnatiladi. Ularning orasida eng samaradorining chastota tezligi 2,6 GGs.gacha yetadi. Protsessorning o‘zi esa 2-avlodga mansub 10 nanometrli texnik jarayonda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Undagi Qualcomm X20 LTE modemi ma’lumotni "gigabit tezligi"da almashish imkonini beradi.

O‘qing: Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Snapdragon 835 bilan solishtirib ko‘rganda, yangi chipdagi samaradorlik 15-20% ga oshgan. Shu bilan birga, quvvatni iste’mol qilish darajasi o‘zgarishsiz qolgan. Shu bilan birga, bu chipda AR va VR texnologiyalarini qayta ishlash algoritmi ham tatbiq qilingan.

Samsung tomonidan ishlangan, 6,1 dyuymli, 18:9 nisbatli OLED-displeyga ega flagmanning 450-500 AQSh dollaridan boshlab sotilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!