Xiaomi rahbari O‘Z MAOShIDAN bir milliard dollarini xayriyaga sarflayapti: uning daromadi qancha o‘zi?

  •   DiMaX
  •  1276
  •  11.04.2019 16:42

Xiaomi rahbari O‘Z MAOShIDAN bir milliard dollarini xayriyaga sarflayapti: uning daromadi qancha o‘zi?

Yirik kompaniyalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, daromadlari jamoatchilikning e’tiborida bo‘ladi. Shuningdek, ularning rahbarlari qancha maosh olishi ham ko‘pchilik uchun qiziq.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Gonkong nashrlari kuni kecha Xiaomi korporatsiyasining rahbarlari qancha maosh olishlari haqidagi ma’lumotni oshkor etishgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning bosh direktori yiliga bir yarim milliard AQSh dollari atrofida maosh olar ekan! Kompaniyaning undan keyingi beshta rahbari oladigan maoshning umumiy miqdori shunga teng keladi, deyiladi xabarlarda.

Ommaviy axborot vositalarining so‘roviga javoban Xiaomi shuni tasdiqlaganki, bosh direktor Ley Szun (Lei Jun) chindan ham oyiga bir milliard yuan (taxminan 150 million AQSh dollari) miqdorida maosh oladi. Korporatsiya rahbarlariga deyarli barcha ish haqlari aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadi.

Chakkimas, a? Endi ikkinchi xabarga nazar solamiz...

Xiaomi kompaniyasi Gonkong fond birjasiga taqdim etgan hujjatga ko‘ra, kompaniya asoschisi va bosh direktori Ley Szun yaqinda bir milliard dollarga yaqin bonus olgan. Ya’ni, yil yakunlariga ko‘ra unga, Xiaomi ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun 636,6 millionta aksiya taqdim etilgan. Joriy yilning 9 aprel holatiga ko‘ra esa ushbu bonus aksiyalarning narxi 961 million AQSh dollariga teng keladi.

Korporatsiyaning bayonotida aytilishicha, Ley Szun ushbu bonusning barchasini – soliqlarini to‘laganidan ortgan qismini butunlay xayriya maqsadlariga yo‘naltirishga rasman va’da bergan! Yarim yillik maoshidan oshiq mablag‘ni xayriyaga sarflayapti, qoyilmisiz?

O‘QING: Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi