Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

  •   DiMaX
  •  5050
  •  26.08.2020 08:48

Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

«Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yillik yubileyida arzonchi brendning eng zo‘r flagmani – Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) ham taqdim etilgan edi. Biz uning «ichak-chovog‘ini ag‘darish» jarayoni aynan Redmi K30 Ultra’da suratga olib ko‘rsatilgan videoni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

Xitoyliklar kompaniyaning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra (xitoycha versiyada – Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition) modelidan ham ko‘ra Redmi brendining flagmanini ko‘proq xarid qilishmoqda. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Redmi K30 Ultra’ni do‘konlardan topish ham muammoga aylanib qoldi.

Ushbu defitsit holati uchun Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendining direktori Lu Veybing (Lu Weibing) ommaviy tarzda – Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali uzr so‘radi. Top-menejerning ta’kidlashicha, Redmi K30 Ultra modelini kompaniya «ulkan samimiyat ila» tayyorlagan va uning ommalashuviga boshidanoq amin bo‘lgan; lekin amalda uning ommabopligi barcha kutilmalardan oshib ketgan.

Shu bilan birga, u vaziyatni o‘nglash uchun Redmi K30 Ultra sotilish strategiyasiga sal o‘zgarish kiritilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur flagmanning tezkor/ichki xotirasi 8/512 gigabaytlik variantidan olmoqchi bo‘lganlar endi to‘liq narxini to‘lagan holda oldindan buyurtma qiladilar, smartfonni yetkazib berish esa 14 kundan so‘ng boshlanadi.

Flagmanning 6/128 hamda 8/128 gigabaytlik variantlarining savdosi esa tegishlicha 1 va 8 sentyabrdan davom ettiriladi. Asosiysi – kompaniya rahbari Redmi K30 Ultra modelining ishlab chiqarilish hajmini yanada oshirish uchun qo‘lidan keladigan hamma ishni qilishga va’da bergan.

O‘QING: Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!