Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  550
  •  28.04.2021 13:52

Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

«Xitoycha Apple» bir necha marta Qualcomm kompaniyasining yangi protsessorlarini o‘z smartfonlarida birinchi bo‘lib qo‘llayotganini aytib maqtangan. Masalan, amerikalik chipsozning Snapdragon 888 rusumli flagman chipseti Xiaomi Mi 11 turkumida debyut qilgan.

O‘QING: Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

Xiaomi’ning bu boradagi liderligiga uning yangi raqibi – Honor chek qo‘ymoqchi. k na rinke smartfonov. Yaqinda Huawei korporatsiyasi tarkibidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan ushbu kompaniya hozirda Honor 50 turkumidagi smartfonlarini taqdimotga tayyorlayapti.

Quyida shulardan birining «jonli» rasmini ko‘ramiz:

Taxminlarga ko‘ra, bu – Honor 50 Pro+ modelidagi flagmandir.

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Bulardan tashqari, Honor amerikalik chipsozning navbatdagi flagman protsessori – Snapdragon 888 Pro bazasidagi dunyodagi ilk smartfonni ham namoyish etmoqchi. To‘g‘ri, hozircha bu chipset haqida Qualcomm’ning o‘zi ham rasman ma’lumot bergani yo‘q. Ammo insayderlar uning shu nomda mahsulot tayyorlayotgani va joriy yilning uchinchi choragida taqdim etilajak flagman smartfonlarda qo‘llanishini aytishmoqda.

Snapdragon 888 Pro chipli gadjetlardan birinchisini aynan Honor chiqarishi kutilmoqda, ammo uning aynan qaysi model bo‘lishi noma’lum. Ehtimol, bu qayishqoq ekranli Honor Magic 3 buklamafoni bo‘lib chiqar.

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!