Xiaomi rasman Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra'ning taqdimot sanasini aytdi

Xiaomi rasman Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra'ning taqdimot sanasini aytdi

Kyecha Xiaomi “Mega Launch“ taqdimotini o‘tkazmoqchi ekanligi haqida ma’lumot bergan edik.

Bugun kompaniya taqdimotda Mi 11 Pro vaMi 11 Ultra smartfonlari tanishtirilishini ma’lum qildi.

Afishada Mi 11 Lite haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Chunki Lite versiyasi Xitoyda turli xil nom ostida sotiladi. Mi 11 Lite keyinchalik taqdim qilinishi mumkin.

Weibo postida Xiaomi ikkita yangi telefon “Eng yaxshi Android smartfoni“ unvoniga da’vogar bo‘lishini va “eng yaxshi tajribani istagan muxlislar“ uchun mukammal qurilmalar bo‘lishini aytdi.

Taqdimot kelasi hafta dushanba kuni Xitoy vaqti bilan soat 19:30 da (16:30 Toshkent vaqti bilan) o‘tkaziladi.

O‘QING: 108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!