Xiaomi rasman Mi 11 turkumining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini aytdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1896
  •  22.12.2020 17:44

Xiaomi rasman Mi 11 turkumining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini aytdi (+video)

«Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 11 turkumini 29 dekabrda namoyish qilishi aytilgan edi. U bilan raqobatlashish uchunmi, Vivo kompaniyasi ham ayni shu kuni Vivo X60 turkumidagi kamerofonlarini taqdim etishini e’lon qilgan.

O‘QING: Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Xiaomi esa flagman smartfonlari turkumini kutilganidan bir kun oldin – 28 dekabrda namoyish etishini endi rasman bildirdi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida kompaniya e’lon qilgan posterga ko‘ra, Xiaomi Mi 11 smartfonlar oilasi 28 dekabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boshlanuvchi tadbirda ommaga ko‘rsatishadi. Ushbu turkumga turkumiga, standart Xiaomi Mi 11’dan tashqari yanada ilg‘or Xiaomi Mi 11 Pro modeli ham kirishi kutilmoqda. Lekin...

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Flagman turkumidan tashqari, ushbu kompaniya yana bitta – Xiaomi Mi 10i smartfonini ham tayyorlagan. Yaqindagina uni Geekbench servisida sinab ko‘rishganida, ba’zi texnik jihatlari fosh bo‘lgan edi.

Xiaomi korporatsiyasining Hindiston bo‘linmasi ushbu qurilmaning ham namoyish kunini e’lon qildi. «Mukammal o‘ntalik» (The Perfect 10) deya maqtalayotgan Xiaomi Mi 10i smartfoni kelasi yil boshida – 5 yanvar kuni taqdim etiladi:

Rasmiy tizerga qaraganda, bu smartfonni 108 megapiksellik asosiy kamera bilan jihozlashmoqda. Aslida u butkul yangi model bo‘lmasdan, yaqinda Redmi Note 9 Pro 5G nomi bilan Xitoyda taqdim etilgan smartfonning rebrending qilingan – Mi brendi ostida jahon bozoriga tayyorlangan versiyasidir, deyishmoqda.

Xiaomi Mi 10i modeli global bozordagi 108 megapiksellik kamerali smartfonlarning eng arzoni bo‘lishi kutilayotir.

O‘QING: Redmi 9 Power namoyish etildi: 149 dollarlik «quvvat monstri»!